Bu bo’limda matematika faniga oid qiziqarli savollar berib boriladi.

SAVOLLAR:

1. 1.5 gradusli burchak 4 marta kattalashtiruvchi lupa bilan qaralganda necha gradus bo’ladi?

2. 8 ta 8 yordamida (arifmetik amallar bilan) 1000 ni hosil qiling.

3. 8 gugurt cho’pidan yuzi eng katta bo’ladigan shkl yasang. U qanday ko’rinishda bo’ladi?

4. 12 kishi har biri o’zaro qo’l berib so’rashganda so’rashishlar soni nechta bo’ladi?

5. Bir kosib etik tikibdi. Sotish uchun shogirdini jo’natibdi va 25 so’mga sotishini aytibdi. Shogird bozorda etikni 2 ta cho’loq xaridorga 12,5 so’mdan sotibdi. Ustozga kelib bo’lgan voqeani bayon qilsa, ustozi 5 so’mni xaridorlarga qaytarish lozimligini aytib shogirdini qaytarib yuboribdi. Yo’lda 3 so’mni ishlatib yuborgan shogir xaridorlarga 1 so’mdan qaytim beribdi. Ularga etik 11,5 so’mdan tushgan bo’lsa ikkisiniki 23 so’m. Yo’lda ishlatilgan 3 so’m bilan 26 so’m bo’ladi. Savol 1 so’m qayerdan kelib qoldi?